Toshkentda MTM binosini gaz tarmog‘iga noqonuniy ulab olgan shaxslar aniqlandi
Ayrim hududlarda tabiiy gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan Hududgaz Poytaxt gaz ta’minoti filiali xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, “M.4.” oilaviy korxonasi rahbari X.M. va boshqalar maktabgacha ta’lim muassasasi binosini hech qanday hujjatsiz, tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Xuddi shunday, departamentning Chust tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan.
Unda, Ch.M. xususiy korxonasi rahbari M.M. hamda YaTT B.X. temirni qayta ishlash sexi va novvoyxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmoqlariga o‘g‘irlik yo‘li bilan ulab, jami 295 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:50 / 19.11.2024
Uch hududda 671 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
22:39 / 13.11.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlangan – Bosh prokuratura
12:03 / 13.11.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisi bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlandi
10:20 / 30.10.2024