Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi
Ushbu samolyotning oldingi versiyasi 2030-yillar boshida xizmat muddatini tugatishi kutilmoqda.
AQSh Harbiy-havo kuchlari Sierra Nevada korporatsiyasi bilan yadroviy urushdan omon qolish qobiliyati tufayli «Qiyomat kuni samolyoti» deb nomlanuvchi yangi samolyotni qurish bo‘yicha 13 milliard dollarlik shartnoma tuzdi.
Reuters xabariga ko‘ra, Survivable Airborne Operations Center (SAOC) loyihasi 1970 yillarda qurilgan, hozir eskirgan, xizmat muddati 2030-yillar boshida tugaydigan samolyotni almashtirishga mo‘ljallangan.
Samolyot ustidagi ishlar Kolorado, Nevada va Ohayo shtatlarida olib boriladi va ular 2036 yilda yakunlanishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, operatsion talablarni qondirish uchun qurol tizimi harbiy talablarga muvofiq takomillashtirilgan va modifikatsiyalangan reaktiv samolyotning tijorat hosilasidan iborat bo‘ladi.
Qo‘shma Shtatlardagi bugungi «Qiyomat kuni samolyoti» E-4B Nightwatch hisoblanadi. Odatda AQSh Mudofaa vazirini tashish uchun foydalanilsa-da, samolyot yadroviy portlashlar va elektromagnit ta’sirlarga bardosh bera oladigan mobil qo‘mondonlik punkti sifatida ishlab chiqilgan. U favqulodda vaziyatlarda AQSh prezidenti tomonidan harbiylarga buyruq yetkazish imkonini beradi.
E-4B yonilg‘i zaxirasini havoda to‘ldirish imkoniyatiga ega, konferensiya va brifing xonalari, shuningdek, ilg‘or aloqa uskunalari bilan jihozlangan.
Harbiy havo kuchlari hozir to‘rtta E-4B samolyotini boshqaradi, ulardan kamida bittasi doimiy ravishda parvozga tayyor turadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025