O‘zbekiston | 09:55 / 27.04.2024
3573
2 daqiqa o‘qiladi

Orolbo‘yida ko‘llar qurishi oqibatiga qarshi kurash bo‘yicha Yuta tajribasi qo‘llanishi mumkin

TIVda AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Anvar Ilyosov / «Dunyo» AA

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov AQShning Yuta shtati Senati prezidenti Styuart Adams boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston hududlari va Yuta shtati o‘rtasidagi hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish, jumladan, tomonlarni qiziqtirgan sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Katta tuzli ko‘l (Great Salt Lake) qurishi va uning salbiy oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha Yuta shtati tajribasini Orolbo‘yi mintaqasida amaliy qo‘llash masalasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Yuta shtati AQShning g‘arbiy qismida joylashgan. Shtatning yalpi hududiy mahsuloti 2023 yilda 272,5 milliard AQSh dollarini, shu jumladan, aholi jon boshiga 62,8 ming dollarni tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligi, turizm, tog‘-kon sanoati, energetika, axborot texnologiyalari va moliya shtat iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlari hisoblanadi.

Mavzuga oid