O‘zbekiston | 10:39 / 29.04.2024
11205
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi

Bugun davlat rahbari prezident maslahatchilari, qator vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bugun davlat rahbari prezident maslahatchilari, qator vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi.

Shuningdek, joriy haftada prezident III Toshkent xalqaro investitsiya forumi ishida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, davlat rahbarining qisqa muddatli ta’tili 2024 yil 22 apreldan boshlangandi. 

Bundan oldin 2023 yil 4 dekabr kuni qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqan.

Shuningdek, prezident 2022 yil 5 yanvar kuni mehnat ta’tiliga chiqqan va 7 yanvar kuni ishga qaytgan edi. 

Shavkat Mirziyoyev prezident lavozimidagi faoliyati davrida beshinchi marta rasman mehnat ta’tiliga chiqdi.

Mavzuga oid