Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Akmal Mirzayev bungacha Sardoba tumani hokimi edi.
Akmal Arziyevich Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Akmal Mirzayev 1971 yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini, 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi-moliyachi.
Mehnat faoliyati davomida turli yillarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devonida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan, qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida boshqarma boshlig‘i bo‘lgan, 2018-2022 yillarda qishloq va suv xo‘jaligida vazir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
2022 yil oktyabridan buyon Sirdaryo viloyati Sardoba tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi.
U viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida 2022 yil aprelidan buyon ishlab kelgan Dilmurod Abdurahmonov o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024