Jamiyat | 19:00 / 01.05.2024
3553
3 daqiqa o‘qiladi

Beeline Uzbekistan va vivo millionlab so‘mga teng pul yutuqlari va EURO 2024 ga sayohatlar tuhfa qildi

Beeline va vivo hamkorlikda o‘tkazilgan EURO BOOM aksiyasini sarhisob qildi.

Foto: Beeline Uzbekistan

Beeline Uzbekistan va vivo 14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha 2024 yilgi Yevropa chempionatiga bag‘ishlangan EURO BOOM aksiyasini yakunladi. Keng ko‘lamli aksiyaning kulminatsion nuqtasi 1 may kuni jonli efirda bo‘lib o‘tgan, 3 million nafar odam ishtirok etgan yakuniy yutuqli o‘yin bo‘ldi. Uni Beeline Uzbekistan bosh direktori Andjyey Malinovski ochib berdi va beshta g‘olib uchun 50 million so‘m qo‘shimcha pul mukofoti taqdim etilishi haqida e’lon qilindi, bu ishtirokchilar uchun kutilmagan bonusga aylandi.

4 mart kuni boshlangan aksiya doirasida ishtirokchilar ko‘plab qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, EURO 2024 yo‘llanmalarini yutib olish imkoniga ega bo‘ldilar. Aksiyaning umumiy pul mukofot jamg‘armasi qariyb bir milliard so‘mni tashkil etdi, 63 nafar mijoz ularning sohibiga aylandi. Bundan tashqari, yarim finalga 8 ta sayohat, futbol bo‘yicha Yevropa chempionatning finaliga ikki kishilik 1 ta sayohat paketi, 80 ta texnologik vivo smartfoni va 56 ta chiroyli Beeline raqamlari o‘ynaldi.

Aksiyada quyidagi shartlardan birini bajargan har bir mijoz ishtirok etishi mumkin edi: Beeline'ga ulangan, balansini 40 000 so‘mga to‘ldirgan yoki yangi vivo smartfonini faollashtirgan.

«EURO BOOM aksiyasi katta qiziqish uyg‘otib, ishtirokchilarga unutilmas taassurot va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etganidan xursandmiz. Ushbu aksiyaning muvaffaqiyati mijozlarimiz uchun noyob imkoniyatlar yaratishda sodiqligimiz natijasidir. Biz sizni yangi aksiyalar va manfaatli takliflar bilan xursand qilishda davom etamiz», — deya yakunladi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.

Beeline Uzbekistan rasmiy sahifalaridagi yangilanishlarni kuzatib boring va rejadagi aksiyalar va tadbirlardan xabardor bo‘ling. 

 *** 

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. 

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan. 

Beeline Uzbekistan'da 1,9 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan. 

Sayt: beeline.uz

Facebook: @beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: @beelineuzbekistan

Twitter: @beeline_uz

LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Mavzuga oid