YeChL. «Bavariya» va «Real» Myunxendagi yarimfinalda jangovar durang qayd etishdi

Foto: AP
Yevropa Chempionlar Ligasida yarimfinal bahslari boshlandi.
Markaziy o‘yinda «Bavariya» o‘z maydonida «Real» bilan jangovar durang qayd etdi.
Birinchi bo‘limda Kroosning zargarona uzatmasini Vinisius golga aylantirdi. Ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlar tezkor gollar urishdi — dastlab Sane ajoyib reydi bilan Luninning yaqin burchagini nishonga olgan bo‘lsa, Keyn Musiala ishlagan penaltidan unumli foydalandi. Bellashuv oxirida esa Rodrigoga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng belgilangan penaltini Vinisius golga aylantirib, dublini rasmiylashtirdi.
Javob bahsi 8 may kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.
Ikkinchi yarimfinal juftligida «PSJ» va «Borussiya D» o‘zaro to‘qnash kelishadi. O‘yinlar 1 va 7 may kunlari o‘tkaziladi.
YeChL. Yarimfinal
Bavariya — Real 2:2
30 aprel, «Alyans Arena»
Gollar: Sane (53), Keyn (57, penalti) — Vinisius (24, 83 penalti).
Bavariya – Noyyer, Dayyer, Kim Min Je, Mazraviy, Goretska (Gerreyru, 46), Laymer, Kimmih, Myuller (Gnabri, 80), Sane (Devis, 87), Musiala, Keyn.
Real – Lunin, Nacho (Kamavinga, 65), Ryudiger, Mendi, Valverde, Kroos (Dias, 76), Chuameni, Vaskes, Bellinghem (Modrich, 75), Vinisius Junior, Rodrigo (Hoselu, 87).
Ogohlantirishlar: Mazraviy (43), Kroos (64), Kim Min Je (82), Vaskes (90+1).
Mavzuga oid

02:04 / 10.04.2025
«Barselona» «Borussiya»ga 4 ta gol urdi, «PSJ»da ham ishonchli g‘alaba

09:17 / 09.04.2025
«Arsenal» «Real»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

03:54 / 13.03.2025
YeChL. «Real» «Atletiko»dan penaltilar seriyasida ustun keldi, «Arsenal» va «Aston Villa» ham chorakfinalda

03:51 / 12.03.2025