Chery brendi Buxoro viloyatidagi avtomobil egalarini WCWL loyihasi doirasida birlashtirdi
2024 yilning 27 aprel kuni Buxoro viloyatida Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi With Chery With Love (WCWL) tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Buxoro, Navoiy, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan bo‘lgan Chery Tiggo 8 Pro va Chery Tiggo 8 Pro Max avtomobillari sohiblari ishtirok etdilar.
Buxoro shahridan boshlanib “Bukhara Desert Oasis”gacha bir soat davom etadigan qariyb 50 km masofalik marshrut turli yo‘l qoplamalari o‘z ichiga olgan edi. Marshrut davomida avtomobillar sohiblari ham ravon asfalt yo‘llarni, shag‘alli va qumli qismlarga ega bo‘lgan murakkab jabhalarni ham bosib o‘tdilar. Bu krossoverlarning turli xil yo‘lsizlik sharoitlarida o‘tuvchanligi, boshqariluvchanligi va umumiy chidamliligini sinab ko‘rish va mintaqada mavjud bo‘lgan murakkab yo‘llarda sayohat uchun ishonchliligiga amin bo‘lish imkonini berdi.
Faol dam olish shinavandalari uchun kvadrosikllarda, tuyalarda va otlarda qiziqarli sayohatlar tashkil etildi. Bu tadbirlar mehmonlarga o‘zini tadqiqotchi va kashshof sifatida his qilish, atrofdagi tabiatning go‘zalligidan bahramand bo‘lish va energiya olishlari imkonini yaratdi.
Milliy oshpazlik an’analariga alohida e’tibor qaratildi. Katta pazandalik musobaqasi o‘tkazilib, unda mehmonlar milliy taomlarni tayyorlash bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar va taom tayyorlash sirlari bilan o‘rtoqlashdilar. Pazandalik musobaqasi ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan turli xil taomlar tatib ko‘rilgandan so‘ng, ularning barchasi shu qadar mazali chiqqanligi sababli, g‘olibni aniqlash imkonsizligi, musobaqada esa do‘stlik g‘alaba qozongani ma’lum bo‘ldi.
Markaziy maydonda yorqin ko‘ngilochar dastur namoyish etildi. Professional boshlovchi va didjyey otashin ritmlar orqali bayramona muhitni yaratdilar. Immersion teatr tomoshabinlarni milliy afsonalar va an’analarning maftunkor olamiga cho‘mdirib, ularga voqealarning bevosita ishtirokchisiga aylanish imkonini berdi.
Buxoro viloyatining an’anaviy musiqa asari – “Mavrigi”ni mahorat bilan ijro etgan raqs jamoasi va musiqachilarning chiqishi tomoshabinlarni milliy kolorit muhitiga singdirib, qadimiy an’analar quvvatini his etish imkonini berdi.
Kechqurun tashkilotchilar muloqot uchun qulay muhit yaratib, gulxan yoqdilar. Bu mehmonlarga dam olish, lahzadan zavqlanish va bayram haqida taassurotlarini almashish imkonini berdi.
ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir avtomobillar sohiblarini milliy madaniyat va zamonaviy ko‘ngilochar hodisalar bilan birlashtirib, barcha yig‘ilganlarda unutilmas taassurotlar va har bir mehmonning xotirasida yorqin iz qoldirdi.
Chery brendi tomonidan tashkil etilgan WCWL xalqaro loyihasi avtomobillar sohiblarini yagona g‘oya, maqsad va brend bilan birlashtirishga mo‘ljallangan. Loyiha formati mijozlar uchun tadbirlar shaklida amalga oshiriladi.
Aytish joizki, bunday tadbir tufayli turli hududlardagi avtomobillar sohiblari bir-birlari bilan tanishib, o‘z avtomobillari haqida ijobiy taassurotlar va fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.
WCWL O‘zbekistondagi turli Chery rusumli avtomobillar sohiblari uchun muntazam ravishda o‘tkaziladi va Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etiladi.
Chery oilasiga qo‘shiling!
Chery Uzbekistanning rasmiy sahifalari:
Tezkor axborot liniyasi telefon raqami: +998 71 276 55 55
Veb-sayt | Instagram | Telegram | Telegram-bot | Facebook | YouTube
Mavzuga oid
19:00 / 30.10.2024
Chery 2024 Xalqaro foydalanuvchilar sammiti yakunlandi
17:00 / 28.09.2024
Chery Tiggo 7 Pro 2024 va Tiggo 8 Pro Max 2024 yangi modellari O‘zbekiston tog‘larida sinovdan o‘tkazildi
17:00 / 13.09.2024
Yangi Chery avtomobillarining taqdimoti: yangi narxlar e’lon qilindi
10:00 / 09.08.2024