O‘zbekiston va Jibuti o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi
Jibuti O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 149-davlat bo‘ldi.
Kecha Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Jibuti o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolandi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Jibutining BMTdagi doimiy vakili Muhammad Dualeh imzoladi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Ikki tomonlama hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish uchun ikki tomonlama munosabatlarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Jibuti O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 149-davlat bo‘ldi.
2024 yilning 14 mart kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Gambiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunike imzolangan edi.
Mavzuga oid
14:30 / 21.10.2024
O‘zbekiston Afrika qit’asining nechta davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgani aytildi
14:30 / 30.09.2024
O‘zbekiston va Bahama orollari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi
08:56 / 28.09.2024
O‘zbekiston Botsvana bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi
14:20 / 27.09.2024