O‘zbekiston | 08:51 / 03.05.2024
3702
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgan dorixona sotuvchisi ushlandi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, A.Sh. MChJga qarashli dorixona sotuvchisi G.L. hech qanday hujjatsiz jami 245 dona “Reduksin” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro B.M.ga 5,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid