Toshkentda Fransiya OAVni rivojlantirish agentligining media forumi boshlandi
Markaziy Osiyoda ilk marta o‘tkazilayotgan mintaqaviy forumda dezinformatsiya, mediasavodxonlik, OAVni moliyalashtirish kabi mavzular muhokama qilinadi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov forum ochilishida nutq so‘zladi.
Bugun, 6 may kuni Fransiyaning OAVni rivojlantirish agentligi (CFI) va Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan jurnalistlar mintaqaviy forumi boshlandi.
Markaziy Osiyoda birinchi marta o‘tkazilayotgan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Fransiya mutaxassislari va ekspertlarini to‘plagan forum dezinformatsiya, mediasavodxonlik, jurnalistika etikasi, OAVni raqamlashtirish va moliyalashtirish kabi bugungi tez o‘zgarib borayotgan dunyoda muhim ahamiyatga ega masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan.
Forum ochilishida O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oreliya Bushez va boshqalar so‘zga chiqdi. Asadov o‘z nutqida bu muhim tadbirni tashkil etgani uchun hamkorlarga minnatdorlik bildirdi, ishtirokchilarga muhokamalar unumli, tajriba almashinuvi samarali bo‘lishini tiladi.
6 mayda boshlangan anjuman 8 may kuni yakuniga yetadi.
Ma’lumot uchun, CFI – Canal France International 1989 yilda Afrikaning fransuz tilida so‘zlashuvchi qismlarida televizion dasturlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan, 2010 yilga kelib Fransiya hukumati qoshidagi OAVni qo‘llab-quvvatlovchi agentlik sifatida faoliyat yurita boshlagan. Tashkilot Fransiya tashqi siyosatida hamkor davlatlardagi so‘z erkinligi va mustaqil ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etadi.
Mavzuga oid
17:50 / 06.11.2024
Makron Tramp g‘alabasidan keyin Fransiya va Germaniya maqsadlarini aytdi
21:44 / 05.11.2024
Netflixʼning Parij va Amsterdamdagi ofislarida tintuv o‘tkazildi
18:52 / 05.11.2024
Michelin 2025 yilda Fransiyadagi ikkita zavodini yopadi
14:10 / 02.11.2024