O‘zbekiston | 11:05 / 08.05.2024
5528
2 daqiqa o‘qiladi

Baholashning yangi tizimi joriy etilgan maktablar faoliyati qanday baholanishi ma’lum bo‘ldi

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining “Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalar ko‘rsatayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Quyidagilar joriy etiladi:

umumta’lim maktablarida bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablar faoliyatini baholash;
yangi tizimni samarali joriy etgan, ta’lim berish yo‘nalishida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan o‘qituvchilarga Davlat budjetidan lavozim maoshiga har oylik 40 foizgacha ustama berish tartibi.
 
2024-2025 o‘quv yilidan boshlab maktab o‘qituvchilari va rahbarlarini baholash, shuningdek ustama to‘lash o‘quv yili yakuni bo‘yicha amalga oshiriladi. 

Rahbar va pedagog kadrlariga ustama to‘lanadigan umumta’lim maktablari ro‘yxatini shakllantirish uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalarida doimiy ravishda ishlaydigan monitoring guruhlari tuziladi.

Monitoring guruhi rahbarlar va o‘qituvchilar ro‘yxatini shakllantirishni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiradi:

1) baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablarning elektron jurnal ma’lumotlari asosida o‘quvchilarning yillik o‘rtacha baholarini tahlil qiladi hamda tegishli hududning eng yaxshi natija ko‘rsatgan birinchi maktablarini saralab oladi;
2) belgilangan bilimni baholash mezonlari, o‘quvchilarni so‘rovdan o‘tkazish va boshqalar asosida saralab olingan maktablar ballarining umumiy sonini tahlil va hisob-kitob qiladi.

Mavzuga oid