O‘zbekiston | 17:42 / 08.05.2024
3309
4 daqiqa o‘qiladi

Fransiya va Markaziy Osiyo jurnalistlari Toshkentda

Toshkentda 6-8 may kunlari Fransiya ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish agentligining jurnalistlar uchun mintaqaviy forumi o‘z ishini boshladi. Ushbu forumda Markaziy Osiyoning 5 davlatidan 40 ga yaqin jurnalistlar, shuningdek, Fransiyadan ham yetakchi ommaviy axborot agentliklari va tahririyatlarning yetakchi mutaxassislari tashrif buyurgan. Ushbu forumda bir qancha muhim masalalar muhokama qilinyapti, shuningdek, guruhlarda tajriba almashilyapti va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Abdallah Malkavi "France 24" jurnalisti: — Men Franc 24 kanalida reportyor va jurnalistman, bu kanal Franc Media Monde guruhiga kiradi va biz butun dunyo miqyosida ishlaymiz.

Forumga keladigan bo‘lsak, u juda ham yaxshi o‘tyapti, 3 kundan buyon hamkasblarimiz bilan tajriba almashyapmiz. O‘ylaymanki, bu juda xam yaxshi, chunki butun dunyo ochilmoqda, biz esa shu ochiq dunyoda hamkasblarimiz bilan muloqotda bo‘lishimiz va birgalikda ishlashimiz kerak.

O‘ylaymanki, forum doirasidagi har bir mavzu o‘ziga xos va muhim. Media savodxonlik haqida gaplashdik, nafaqat jurnalistlarning, balki aholi savodxonligini oshirish haqida ham gap bordi. Bugungi xavfsizlik mavzusi juda ham muhim bo‘ldi, raqamlashayotgan dunyoda bizning sohadagi tahdid va qiyinchiliklar haqida gaplashdik. O‘ylaymanki, forumda tilga olingan barcha mavzular muhim bo‘ldi. Ayniqsa, bugun kunning birinchi yarmida gaplashilgan ma’lumotlar va jurnalistlar xavfsizligi mavzusi juda dolzarb. Chunki biz joylarda ishlaymiz, shuning uchun o‘zimizni himoya qilishni, telefon, kompyuter, shaxsiy ma’lumotlarimizni himoya qilishni o‘rganishimiz kerak. Shuning uchun hamma mavzular muhim va dolzarb bo‘ldi deb o‘ylayman.

Beruniy Alimov “Yangi media ta’lim markazi” rahbari: — Bo‘lib o‘tayotgan forum doirasidagi sessiyalarda biz ko‘proq bugungi kun uchun muhim bo‘lgan, media sohasi uchun muhim va dolzarb bo‘lgan mavzularda suhbatlashyapmiz. Turli mavzularda, shu jumladan, jurnalist xavfsizligi, etika masalalari yoki hozirgi kunda hammamizni o‘ylantirayotgan sun’iy intellekt yordamida kontent tayyorlash va buning natijasida yuzaga kelayotgan feyklar muammosi deyepfeyklar muammosi va bularning oldini olish qanday detekt qilish qanday qilib faktcheking instrumentlardan foydalanish mumkin — shu haqda gaplashyapmiz.

Undan tashqari, eng muhim jihat shundaki, hozirgi kunda Markaziy Osiyodagi beshta mamlakat va Fransiyadan kelgan mutaxassislar gaplashayotganimizda bir narsani umumiy xulosa qilish mumkinki, qaysidir ma’noda bizni o‘ylantirayotgan muammolar, bizning oldimizga chiqayotgan eng katta muammolar deyarli bir xil. Demak, bu ma’noda biz birgalikda kurash olib borishimiz, ya’ni o‘zaro tajriba almashishimiz kerak. O‘zbekistonda jurnalistikamiz qo‘lga kiritgan tajribani ularga qaysidir ma’noda o‘rgatishimiz kerak yoki aksincha, ulardagi eng ilg‘or tajribalarni biz o‘zimizga qabul qilishimiz kerak deb o‘ylayman. Eng muhimi, kelayotgan 2025-2026-yillarda aynan mana shu formatni davom ettirish taklifi bo‘lyapti. Keyingi safar, masalan, barcha Markaziy Osiyo jurnalistlar va media ekspertlarni Toshkentdan keyingi forum ma’nosida Markaziy Osiyoning boshqa bir poytaxtida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid