O‘zbekiston | 11:31 / 08.05.2024
5066
1 daqiqa o‘qiladi

Hisor qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga qizil sug‘ur muhrlandi

Qizil sug‘ur Hisor qo‘riqxonasining G‘yelon, Miraki, Tanxozdaryo va Qizilsuv bo‘limlarida uchraydi.

Foto: Videodan kadr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga qarashli Hisor davlat qo‘riqxonasining Qizilsuv uchastkasi hududida o‘rnatilgan fotoqopqonga qizil sug‘ur muhrlandi.

Qizil yoki uzun dumli sug‘ur Hisor tizmasida keng tarqalgan. Vazni 9 kg, tana uzunligi esa 37-80 smga yetadi. 

Kuzatishlar natijalariga ko‘ra, qizil sug‘ur Hisor qo‘riqxonasining G‘yelon, Miraki, Tanxozdaryo va Qizilsuv bo‘limlarida uchrashi aniqlangan.

Mavzuga oid