Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jazoni ijro etish muassasalarida DXSh asosida mahkumlar uchun masofali video-uchrashuv xizmati yo‘lga qo‘yiladi
Inm International MChJ xususiy sherik sifatida IIV tasarrufidagi barcha jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga masofali video-uchrashuv orqali onlayn uchrashuv imkoniyati yaratilishini ta’minlash maqsadida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgan holda jalb qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining "Jazoni ijro etish muassasalarida davlat-xususiy sheriklik asosida mahkumlar uchun masofali video-uchrashuv xizmatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
2023 yil 1 dekabrdan 2024 yil 1 fevralga qadar eksperiment tariqasida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Birinchi mintaqaviy hudud 7-son jazoni ijro etish koloniyasida Inm International MChJ tomonidan Prisonline himoyalangan video-aloqani ta’minlovchi zamonaviy axborot texnologiyalari o‘rnatish orqali jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga masofali video-uchrashuv orqali yaqin qarindoshlari bilan onlayn uchrashuv imkoniyati yaratilgan.
Ichki ishlar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining quyidagi takliflariga rozilik beriladi:
Inm International MChJni xususiy sherik sifatida Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi barcha jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga masofali video-uchrashuv orqali onlayn uchrashuv imkoniyati yaratilishini ta’minlash maqsadida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzgan holda jalb qilish;
Ichki ishlar vazirligini loyiha bo‘yicha davlat sherigi etib belgilash.
Davlat-xususiy sheriklik loyihasining asosiy shartlari etib quyidagilar belgilanadi:
- Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi barcha jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga masofali video-uchrashuv orqali onlayn uchrashish imkoniyatini yaratish;
- Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi barcha jazoni ijro etish muassasalarida himoyalangan video aloqani ta’minlovchi zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘rnatish;
- jazoni o‘tayotgan mahkumlarning video-uchrashuvlari jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati nazorati ostida o‘tkazilishi hamda ularning haqi mahkumning shaxsiy hisobvarag‘idan to‘lanishi;
- shartnomaning amal qilish muddatini o‘n yil etib belgilash.
Ichki ishlar vazirligi davlat-xususiy sheriklik loyihasining bajarilishi va shartnoma shartlariga rioya etilishi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirib boradi.
Mavzuga oid
20:57 / 26.03.2025
Bosh prokuratura Piskendagi koloniyada asossiz intizomiy jazoga tortilgan mahkum ishi bo‘yicha ma’lumot berdi
19:33 / 04.03.2025
Ohangaron shahar hokimi o‘rinbosari ishdan olindi. U qamoqdagi mahkumning uyini o‘zlashtirib olgani ma’lum bo‘lgandi
15:22 / 18.02.2025
Tovoqsoyda mahkum devor bosib qolishi oqibatida vafot etdi
18:16 / 04.02.2025