Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Shavkat Mirziyoyev va Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto o‘rtasidagi uchrashuvda Toshkent viloyatida Vengriya va Yevropa kompaniyalarining loyihalari uchun maxsus iqtisodiy zonani tez fursatda ishga tushirish muhimligi ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev 7 may kuni qo‘shma hukumatlararo komissiya tadbirlarida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyartoni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Sanoat, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, logistika, ko‘chmas mulk obektlarini qurish va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.

Toshkent viloyatida Vengriya va Yevropa kompaniyalarining loyihalari uchun maxsus iqtisodiy zonani tez fursatda ishga tushirish muhimligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
16:41 / 22.05.2025
2026 yildan O‘zbekistonda AES sovitish tizimlarini ishlab chiqarish boshlanadi
21:46 / 21.05.2025