O‘zbekiston | 13:27 / 08.05.2024
4245
2 daqiqa o‘qiladi

Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni majburiy tarzda bo‘lish tartibi belgilanmoqda

Majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan ilgari qo‘llanilgan choralar samarasiz bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga tatbiq etiladi. Nizom tabiiy monopoliyalar sub’yektlariga tatbiq etilmaydi.

Majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan ilgari qo‘llanilgan choralar samarasiz bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.

Maxsus komissiyaning qaroriga asosan monopoliyaga qarshi kurashish organi tomonidan iqtisodiy sudga tegishli da’vo arizasi kiritiladi.

Majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish to‘g‘risidagi qaror bajarilmagan taqdirda monopoliyaga qarshi kurashish organining da’vo arizasiga asosan sud tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’yektga boshqaruvchi tayinlanadi.

Mavzuga oid