Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun beriladigan subsidiyalar miqdori o‘zgartirildi
Yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun subsidiya faqat tomorqa yer egasiga ajratilishi haqidagi talab bekor qilindi.
Vazirlar Mahkamasining “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun subsidiya faqat tomorqa yer egasiga ajratilishi haqidagi talab bekor qilindi.
Tegishli o‘zgartirishlar Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3,6 va 7-bandlariga kiritildi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan bandlarning yangi tahririda “talabgor” termini ishlatilgan.
Bundan tashqari, yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun beriladigan subsidiyalar miqdori bekor qilindi.
Endi subsidiya miqdori Agentlikning hududiy boshqarmasi, yetkazib beruvchi tashkilot va talabgor o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnoma shartlariga bog‘liq bo‘ladi. Tegishli o‘zgartirish nizomning 3-bandiga kiritilgan.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
09:50 / 17.05.2025
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
11:15 / 12.05.2025