O‘zbekiston | 12:00 / 14.05.2024
131016
2 daqiqa o‘qiladi

Cobalt'ning yangilangan versiyasi qachondan boshlab sotuvga chiqarilishi ma’lum qilindi

Yangilangan Cobalt 2025 yildan boshlab sotuvga chiqarilishi kutilyapti. Uning ichki salon qismi va tashqi ko‘rinishi qanday bo‘lishi hamda narxi hozircha noma’lum.

Tez orada O‘zbekistonda ham Chevrolet Cobalt avtomobilining yangilangan versiyasini ishlab chiqarish boshlanishi kutilmoqda. Kun.uz manbasiga ko‘ra, UzAuto Motors 2025 yildan boshlab ushbu model uchun shartnoma berishni boshlaydi.

Yangilangan Cobalt’ning ichki salon qismi va tashqi ko‘rinishi qanday bo‘lishi, keyingi yilda ham hozirgi Cobalt uchun shartnoma berish davom etishi yoki etmasligiga hamda narxiga aniqlik kiritilmadi. 

2022 yilda ham ijtimoiy tarmoqlarda yangilangan Cobalt’ning rasmlari tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, UzAuto Motors yangi Cobalt avtomobilini 2019 yildan boshlab ishlab chiqarishni boshlashi reja qilingan edi, ammo kompaniya bu rejadan voz kechgandi.

«Yangi Cobaltʼni yangi deb bo‘lmaydi. Braziliyadagi GM kompaniyasi bu loyihani 2016 yilda joriy qilgan, shu yilning oxirida Cobalt u yerda ham ishlab chiqarishdan olinadi. Biz eski modellar ortidan quvish maqsadga muvofiq emas, deb hisoblaymiz. Shunga ko‘ra, yangi Cobalt ishlab chiqarish rejasi bekor qilinadi», – deya ushbu qarorga izoh bergandi «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Aziz Shukurov.

Mavzuga oid