Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan Xitoyga mahsulotlarni yetkazib berish uchun qo‘shimcha savdo imtiyozlari joriy etiladi
Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasi yig‘ilishida tovar ayirboshlashni yanada oshirishga qaratilgan qo‘shma “Harakatlar rejasi”ni qabul qilish, Xitoyga mahsulotlarini uzoq muddatli va barqaror yetkazib berish uchun qo‘shimcha savdo imtiyozlarini joriy etish taklif qilindi.
Kecha, 13 may kuni Toshkent shahrida Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining yettinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Xitoy davlat kengashi raisi o‘rinbosari Lyu Gochjun hamraisligida o‘tgan majlisda ko‘p qirrali sheriklik munosabatlari jadal rivojlanayotgani, bunda, davlat rahbarlari o‘rtasidagi do‘stona, yaqin, samimiy va birodarlik rishtalari muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Yig‘ilishda tovar ayirboshlashni yanada oshirishga qaratilgan qo‘shma “Harakatlar rejasi”ni qabul qilish, Xitoyga mahsulotlarni uzoq muddatli va barqaror yetkazib berish uchun qo‘shimcha savdo imtiyozlarini joriy etish, sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish, iqtisodiyotni barcha sohalarda qo‘shma raqobatbardosh loyihalarni amalga oshirish taklif etildi.
Tadbir so‘ngida tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlari eshitildi hamda Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining yettinchi yig‘ilishi bayonnomasi imzolandi.

Mavzuga oid
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi
12:21 / 02.04.2025