O‘zbekiston | 08:40 / 15.05.2024
6101
1 daqiqa o‘qiladi
Britaniyaga ishga yuborilgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
Joriy yilning shu davriga qadar Buyuk Britaniyaga 1530 nafar fuqaro borib ishlamoqda.
O‘zbekistonliklar Britaniyaga ishga yuborilayotgani haqida xabar berilgan edi. Tashqi mehnat migratsiyasi hozirga qadar yuborilgan fuqarolar soni to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, kecha 104 nafar o‘zbekistonlik mavsumiy qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash uchun Buyuk Britaniyaga jo‘nab ketdi. Joriy yilning shu davriga qadar Buyuk Britaniyaga 1530 nafar fuqaro borib ishlamoqda.
Yil yakunigacha ushbu ko‘rsatkichni 4000 taga yetkazish rejalashtirilgan. Mazkur davlatda oylik maosh 1500-2000 dollar.
Mavzuga oid
09:50
AQShga ishga yuborishini aytib pul olganlar ushlandi
15:21 / 25.09.2024
Muammolar og‘ushidagi “oltin davr”: talabalarning o‘qishga vaqti bormi o‘zi?
09:30 / 24.09.2024
Litva bilan O‘zbekistonning 200 nafar fuqarosini ishga joylashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi
09:50 / 23.09.2024