Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganchda voyaga yetmagan bola ko‘p qavatli uyning 5-qavatidan tushib ketdi
2007 yilda tug‘ilgan bola avtomashina ustiga tushgan. Hozirda jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilib, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Foto: Videodan kadr
Xorazm viloyati Urganch shahrida 2007 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bola ko‘p qavatli uyning 5-qavatidan tushib ketdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda bola avtomashina ustiga tushganini ko‘rish mumkin.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilib, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Sodir bo‘lgan hodisaning sabablari aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid
08:50 / 22.05.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
14:39 / 13.05.2025
Urganchga Xitoydan 30 ta avtobus olib kelindi
20:33 / 01.05.2025
Prezident Urganch shahrida jamoat transporti faoliyati bilan tanishdi
14:50 / 01.05.2025