O‘zbekiston | 22:26 / 16.05.2024
4245
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziya bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi 

Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim 17-19 may kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. 

Foto: Getty Images

Tashrifning birinchi kunida Toshkent shahrida oliy darajadagi tadbirlar va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Sammit kun tartibidan tizimli siyosiy muloqotni rivojlantirish va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish, savdo, innovatsiyalar, energetika, neft-kimyo, sanoat, elektrotexnika va elektronika, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida aniq kooperatsiya dasturlari va loyihalarini ilgari surish masalalari o‘rin olgan. 

Bundan tashqari, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi. 

Malayziya hukumati rahbari Samarqand va Buxoro shaharlariga ham tashrif buyurib, madaniy-tarixiy va ma’naviy meros bilan tanishadi, qo‘shma biznes forumida ishtirok etadi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid