O‘zbekiston | 08:34 / 16.05.2024
12685
1 daqiqa o‘qiladi
Soliq qo‘mitasiga eng ko‘p murojaat qaysi hududlardan kelib tushayotgani aytildi
Soliq qo‘mitasiga 2024 yil yanvar-aprel oylarida 18 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetakchi hududlar Toshkent shahri (5947 ta), Qashqadaryo (1615 ta) va Samarqand viloyatlari (1548 ta) bo‘lgan.
Murojaatlarda keltirilgan masala turlari:
- soliqlarga oid tushuntirish berish — 9 361 ta;
- soliqlardan ozod qilish va imtiyozlar berish — 443 ta;
- tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari — 90 ta;
- tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatidagi qonunbuzarliklar — 8 ta;
- boshqa masalalar — 8 776 ta.
Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 16 mingdan ortig‘i hal etilgan. 102 tasi tegishli tashkilotlarga yuborilgan, 86 tasi o‘rganish jarayonida o‘z tasdig‘ini topmagan, 22 tasi anonim bo‘lgani uchun ko‘rmasdan qoldirilgan.
Mavzuga oid
21:53 / 26.09.2024
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan korxonalar ma’lum qilindi
08:50 / 20.09.2024
Soliq qo‘mitasi ikki bankni javobgarlik choralari to‘g‘risida ogohlantirdi
19:46 / 19.09.2024
Jamoat transporti uchun QQS imtiyozi bekor qilinadi
20:38 / 14.09.2024