YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi
Rehina Mariya Kastijio BMT Bolalar jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bo‘ldi. Bungacha u fondning Xorvatiya va Paragvaydagi vakolatxonalarini boshqargan.
Rehina Mariya Kastijio Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatida o‘z vazifasini bajarishga kirishdi.
Ushbu lavozimga tayinlanishdan avval Kastijio YuNISEFning Xorvatiya va Paragvaydagi vakolatxonalari rahbari lavozimlarida ishlagan.
2016 yilda YuNISEFda mehnat faoliyatini boshlashdan oldin Boliviya, Ekvador va Perudagi YuNEYDS (BMTning OIV /OITS bo‘yicha qo‘shma dasturi) direktori, Shveytsariyada YuNEYDS xususiy sektor bilan hamkorlik bo‘limi rahbari va BMT bosh kotibi Kofi Annan Ijroiya apparatida Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha mas’ul xodimi bo‘lgan.
Rehina Mariya Kastijio AQShning Vashington shtatidagi G‘arbiy Vashington universitetida iqtisod va xalqaro munosabatlar bo‘yicha tahsil olgan, AQShning Indiana shtatidagi Notr-Dam universitetida davlat boshqaruvi va xalqaro munosabatlar bo‘yicha magistrlik darajasiga ega.
YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasining avvalgi rahbari Munir Mamedzoda edi.
Mavzuga oid
14:33 / 07.11.2024
YUNISEF: G‘azoda ikki kun ichida 50 dan ortiq bola halok bo‘ldi
22:44 / 03.08.2024
Bangladeshdagi namoyishlar oqibatida o‘nlab bolalar halok bo‘ldi - YuNISEF
18:36 / 08.06.2024
O‘zbekiston bolalar to‘yib ovqatlanmaydigan davlatlar ro‘yxatiga kiritildi
07:51 / 07.11.2023