Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston madaniyatidan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otadigan filmlar ekran yuzini ko‘rishiga umid bildirdi
O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston, uning an’analaridan faxrlanish tuyg‘ularini uyg‘otadigan filmlar yaqin kelajakda ekran yuzini ko‘rishiga umid bildirdi.
“Kecha Prezidentimiz boshchiligida milliy estrada asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykalining ochilish marosimida ishtirok etdik”, deb yozdi u.
Qayd etilishicha, tadbirdan so‘ng Milliy estrada san’ati instituti hamda Kino saroyiga tashrif uyushtirildi.
Davlat rahbari vatan tarixi va madaniyatiga muhabbat, buyuk O‘zbekiston, uning an’analaridan faxrlanish tuyg‘ularini uyg‘otadigan filmlarni suratga olish muhim ekanini ta’kidladi.
“Umid qilamanki, yaqin kelajakda aynan shunday filmlar ekran yuzini ko‘radi”, deydi Saida Mirziyoyeva.








16 may kuni Toshkentda Botir Zokirov memorial muzeyi ochildi. Tantanali ochilish marosimida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 22 dekabr kuni Prezident raisligida o‘tgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida mahalliy ijodkorlarga, xususan, ijrochi san’atkorlar, dramaturg va rejissyorlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish vazifalari belgilngandi.
Mavzuga oid
10:51 / 24.05.2025
S&P Global Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini «ijobiy» darajaga yaxshiladi
20:52 / 18.05.2025
Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni yuz minglab mehmonlar e’tiborini tortdi - Saida Mirziyoyeva
20:35 / 16.05.2025
Saida Mirziyoyeva AQSh Senati a’zolari va biznes vakillari bilan uchrashdi
17:21 / 14.05.2025