Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways 20 maydan Airbus A330 samolyoti ekspluatatsiyasini davom ettiradi
Shu turdagi ikkita samolyot Qanot Sharq aviakompaniyasidan lizingga olindi.
Uzbekistan Airways aviaparki ikkita Airbus A330 keng fyuzelyajli uzoq masofali havo kemalari bilan to‘ldiriladi. Ushbu havo kemalari ekipaji va boshqa xarajatlari ichida bo‘lgan holda Qanot Sharq aviakompaniyasidan lizingga olindi. Uzbekistan Airways ushbu turdagi havo kemalaridan 2023 yil aprel oyida foydalanishni boshlagan.
Avialaynerlar uzoq masofalarga, 4 soatdan ortiq amalga oshiriladigan parvozlarga mo‘ljallangan. Dastlabki bosqichda havo kemasidan Toshkentdan Istanbulga, keyinchalik Jidda va Seul qatnovlarida foydalanish rejalashtirilgan. Ilk aviaqatnov 20 may kuni Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishida amalga oshiriladi.
Qayd qilinishicha, ijarada foydalaniladigan davr – 1 yil davomida, havo kemalari ko‘k rangda va Uzbekistan Airways havo kemalarining klassik ko‘rinishidan farq qiluvchi maxsus livreyada ekspluatatsiya qilinadi.
«A330 havo kemalaridan foydalanish to‘g‘risidagi qaror aviakompaniyani rivojlantirish strategiyasi va Uzbekistan Airways parvozlar geografiyasini kengaytirish rejalarini amalga oshirish doirasida qabul qilindi. Maqsadimiz – aviakompaniyaning xalqaro maydonda eng ishonchli va xavfsiz aviatashuvchilardan biri sifatidagi maqomini saqlab qolish uchun har yili tizimli ravishda rivojlanib borishdir», dedi Uzbekistan Airways boshqaruvi raisi Shuhrat Xudoyqulov.
Mavzuga oid
17:56 / 06.01.2025
Qanot Sharq aviakompaniyasi bir qator reyslarni bekor qildi
19:32 / 14.12.2024
Qanot Sharq bayram kunlariga rejalashtirilgan qator reyslarini bekor qildi
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
23:39 / 30.11.2024