Iqtisodiyot | 10:49 / 21.05.2024
3690
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 20,9 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5,9 foizga oshgan.

Foto: Kun.uz

2024 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 20,9 mlrd AQSh dollariga yetgan. 

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 mlrd AQSh dollariga yoki 5,9 foizga oshgan.

Toshkent shahri O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori - 38,8 foiz ulushni egallagan. 

Toshkentning tashqi savdo aylanmasi hajmi 4 oyda qariyb 8,1 mlrd AQSh dollariga yetgan.

Mavzuga oid