Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi bog‘chada tarbiyachi bolani kaltakladi
Xodim avvaliga bolani boshqa tarbiyalanuvchiga urdirgan, keyin esa o‘zi uni qattiq siltab, yuziga tarsaki tushira xonadan olib chiqib ketgan.
Andijondagi bog‘chalardan birida tarbiyachi bolani kaltaklagani aks etgan videolar yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Videoyozuvga ko‘ra, voqea 18 may sanasi 17:20lar atrofida sodir bo‘lgan. Xonadagi bolalardan biri boshqa bir guruhdoshini urgani ko‘rinadi. Shundan so‘ng tarbiyachi kelib kaltak yegan bolaga o‘sha bolani urishini aytib, urdiradi. Keyin esa xodimning o‘zi bolaga tarsaki tushirib, siltab xonadan olib chiqib ketadi.
Qayd etilishicha, Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatni nazoratga olgan. O‘rganish ishlari boshlangan.
Tashkilot o‘rganish ishlari yakunlariga ko‘ra batafsil ma’lumot berilishini va’da qilgan.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025