Ispaniya, Norvegiya va Irlandiya Falastin mustaqilligini rasman tan oldi
Yevropaning bu uchta davlati 28 maydan e’tiboran Falastin davlatini rasman tan oladi. “Falastin mustaqil davlatga ega bo‘lish huquqiga ega. Yaqin Sharqda busiz tinchlik bo‘lishi mumkin emas”, – dedi Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Stere. Isroil Irlandiya va Norvegiyadagi elchilarini chaqirib olmoqda.
Ispaniya, Norvegiya va Irlandiya Falastin davlatini tan olishga qaror qildi. Bu haqda ushbu mamlakatlar davlat bosh vazirlari 22 may knui e’lon qildi. Tan olish haqidagi qaror uchala davlatda ham 28 maydan kuchga kiradi.
“Bugun Irlandiya, Norvegiya va Ispaniya Falastin davlatini tan olishini e’lon qilmoqda. Bu qaror kuchga kirishi uchun qanday milliy harakatlar zarur bo‘lsa, amalga oshiramiz”, – dedi Irlandiya bosh vaziri Simon Harris Dublindagi matbuot anjumanida.
“Falastin mustaqil davlatga ega bo‘lish huquqiga ega. Yaqin Sharqda busiz tinchlik bo‘lishi mumkin emas”, – dedi Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Stere.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hududiy delimitatsiya 1967 yilgacha bo‘lgan chegaralarga asoslanishi kerak.
Stere mojaroni ikki davlat asosida hal qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi va Norvegiya bayonoti boshqa davlatlar uchun o‘rnak bo‘lib, ularni Falastinni davlat sifatida tan olishga undashiga umid bildirdi.
Bunga javoban Isroil Irlandiya va Norvegiyadagi elchilarini chaqirib oladigan bo‘ldi. Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats. U bunday harakatni Dublin va Oslo tomonidan HAMAS harakati va terrorizmni qo‘llab-quvvatlash deb baholagan.
Shu tariqa, Falastin davlatini tan oladigan BMT a’zolari (jami 193 ta) soni 146 taga, Yevropa Ittifoqi a’zolari soni esa 12 taga yetdi. Tez orada Sloveniya va Malta ham Falastinni tan olishini e’lon qilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Falastin 2012 yil noyabr oyida BMTga kuzatuvchi davlat maqomida qabul qilingan.
Isroil-Falastin mojarosi
2023 yil 7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi. HAMASning bildirishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirish va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 35 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oshadi. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishi va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.
Mavzuga oid
17:40 / 08.11.2024
«Makkabi» muxlislari Amsterdamda Falastin bayrog‘ini yoqib, tartibsizlik keltirib chiqarishdi va so‘ng taksichilar taqibiga uchrashdi
14:47 / 07.11.2024
Falastin prezidenti va ADL bosh kotibi Falastin va G‘azodagi vaziyatni muhokama qildi
14:08 / 06.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Falastin qochoqlariga yordam berish agentligi faoliyatini cheklashga qaratilgan harakatlarni keskin qoralaymiz
16:18 / 05.11.2024