Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orolning qurigan tubini o‘rmonzorlashtirish xalqaro markazi tashkil etiladi
Tegishli taklif ShHT a’zo davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShXT) a’zo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mas’ul vazirlari va boshqarmalari rahbarlari uchrashdi.
Majlisda ShHT Bosh kotibi Chjan Min, Hindiston, Eron, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston va Belarus delegatsiyalari ishtirok etdi.
Delegatsiya rahbarlari Shanxay hamkorlik tashkilotining 2024 yilni «Ekologiya yili» deb e’lon qilish bo‘yicha harakatlar rejasini yanada targ‘ib qilish muhimligi va zarurligini ta’kidladilar.
ShHT a’zolari hukumatlari o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim va 3-4 iyul kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT Davlat rahbarlari kengashida e’lon qilinadigan chiqindilarni samarali boshqarish to‘g‘risidagi bayonot ma’qullandi va imzolanishi taklif etildi.
«ShHT a’zo davlatlarining sun’iy o‘rmonlar barpo etish va degradatsiyaga uchragan hududlarda o‘rmon barpo etish bo‘yicha katta tajribasini inobatga olib, biz Orol dengizining qurigan tubi va cho‘l hududlarini o‘rmonzorlashtirish bo‘yicha xalqaro markazni tashkil etish taklifini ilgari surdik. Bu borada Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan hamkasblarimiz bizni qo‘llab-quvvatladi. O‘ylaymanki, kelajakda bu g‘oyani amalga oshiramiz», dedi Qozog‘iston Ekologiya va tabiiy resurslar vaziri Yerlan Nisanbayev.
Yig‘ilishda ShHT a’zo davlatlarining 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorligi konsepsiyasini amalga oshirish rejasi tasdiqlandi.
Mavzuga oid
14:09 / 20.05.2025
Daraxt kesish uchun ariza berayotganlarni jamoatchilik kuzatib turadi
17:39 / 19.05.2025
Aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi
10:51 / 15.05.2025
Samarqandda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 10 mln dollardan ortiq zarar yetdi
10:24 / 15.05.2025