Toshkent aeroportida avtomobillarni ijaraga olish nuqtasi ochildi
Toshkentga kelgan yo‘lovchilar endi to‘g‘ridan to‘g‘ri aeroportda avtomashinani ijaraga olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Avtomobillarni ijaraga berish kompaniyasi 20 maydan ish boshladi.
Maydoni 8 kvadrat metr bo‘lgan joy E-auksion.uz elektron platformasida savdoga qo‘yilgan edi. Xizmat Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalidan chiqishda joylashgan.
Avtomobilni ijaraga olish uchun poytaxt aeroportiga kelgan yo‘lovchi peshtaxtaga borib, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va haydovchilik guvohnomasini taqdim etishi kerak. Shundan so‘ng, onlayn platformalaridan biri orqali avtomobilni tanlashi, shartnoma tuzishi va depozit yoki ijara haqini to‘liq to‘lashi lozim. Ro‘yxatdan o‘tish tugallangandan so‘ng, yo‘lovchiga avtomobil kaliti beriladi va mashina oldiga kuzatib qo‘yiladi.
Kompaniya parkida yo‘lovchi mahalliy yoki xorijiy ishlab chiqaruvchi avtomobilini, shuningdek, elektromobil yoki benzinda ishlaydigan avtomobilni tanlashi mumkin. Ishlab chiqarilgan yili to‘rt yildan, yurgan masofasi 80 ming kmdan oshmaydigan avtomobillar ijaraga beriladi. Avtomobil ushbu ko‘rsatkichlardan biriga yetgandan so‘ng, mashina tizimdan chiqariladi.
Mavzuga oid
20:25 / 19.09.2024
Moskva aeroportlarida xorijliklar uchun yangi qoidalar joriy etiladi
10:45 / 12.09.2024
«Hech kim yordam berolmaydi» – Moskva aeroportida Rossiya fuqaroligini rad etgani uchun qaytarilgan migrant hikoyasi
08:54 / 12.09.2024
Shahrisabz aeroporti fuqaro aviatsiyasi parvozlari uchun o‘z faoliyatini tikladi
17:16 / 09.09.2024