Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Haj-2024» dasturi doirasida Toshkent - Madina yo‘nalishidagi birinchi aviaqatnov jo‘nab ketdi
O‘zbekiston shaharlaridan Madinaga jami 124 ta charter aviaqatnovi va 15 130 nafar yo‘lovchi tashuvi amalga oshiriladi.
2024 yil 23 may kuni «Haj-2024» dasturi doirasida Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent - Madina yo‘nalishidagi birinchi aviaqatnovi Toshkent vaqti bilan soat 1:40 da jo‘nab ketdi.


O‘zbekiston Respublikasi shaharlaridan Madina shahriga jami 124 ta charter aviaqatnovi va 15 130 nafar yo‘lovchi tashuvi amalga oshiriladi.
Uzbekistan Airways O‘zbekiston Musulmonlari idorasining «Haj-2024» dasturi bo‘yicha rasmiy hamkori hisoblanadi.


Avvalroq O‘zbekistonda Haj mavsumi 2024 yil 23 maydan boshlanishi xabar qilingandi. Respublikadan Saudiya Arabistoniga shu yil 7 iyunga qadar har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
Mamlakatning 10 ta hududiy aeroportidan to‘g‘ridan to‘g‘ri Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Farg‘ona-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Termiz-Madina, Urganch-Madina, Nukus-Madina va Navoiy-Madina aviareyslari orqali ziyoratchilar haj safariga kuzatiladi. Barcha parvozlar Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.




Mavzuga oid
16:20 / 26.05.2025
«Samolyotga chiqishi bilan uyquga ketgan va uyg‘onmagan» – Madinada vafot etgan o‘zbekistonlik imom haqida ma’lumot berildi
10:59 / 26.05.2025
Rakat masjidi imomi Rabbimqul Muhammadiyev Madinada vafot etdi
17:37 / 17.05.2025
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
16:40 / 14.05.2025