Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi
Uchrashuvda madaniy almashinuvlar, ta’lim, ayollar huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama etildi.
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva va Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov 23 may kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Teri Xakala boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Unda madaniy almashinuvlar, ta’lim, ayollar huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama etildi.
«Muloqot chog‘ida Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish rejalari muhokama qilindi. Xususan, transport aloqalari, madaniy almashinuvlar, ta’lim, ayollar huquqlarini himoya qilish mavzulariga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, afg‘onistonlik ayollarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:51 / 24.05.2025
S&P Global Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini «ijobiy» darajaga yaxshiladi
20:52 / 18.05.2025
Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni yuz minglab mehmonlar e’tiborini tortdi - Saida Mirziyoyeva
20:35 / 16.05.2025
Saida Mirziyoyeva AQSh Senati a’zolari va biznes vakillari bilan uchrashdi
17:21 / 14.05.2025