Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda jazo muddatini o‘tash joyini pul evaziga o‘zgartirib berishni va’da qilganlar ushlandi
IIV xodimlari 1000 dollar olayotgan ikki shaxsni qo‘lga oldi. Ular mahkumni tanishi orqali Bo‘ka tumanidagi 43-sonli manzil koloniyadan Ohangaron yoki Olmaliqdagi koloniyaga ko‘chirishni va’da qilgan.
IIV xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda jazo muddatini o‘tash joyini pul evaziga o‘zgartirib berishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi.
IIV Tezkor qidiruv departamenti xodimlari tomonidan vazirlik Jazoni ijro etish departamenti hamda Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda Yashnobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.


1976 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan ikki nafar shaxs Bo‘ka tumanidagi 43-sonli manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan tanishi orqali ushbu manzil koloniyasidagi yana bir mahkumni Ohangaron yoki Olmaliq shahridagi manzil koloniyalaridan biriga o‘tkazib berishni aytgan va evaziga 1000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «b» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikki nafar shaxs Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasiga tartibida ushlandi.

Mavzuga oid
20:57 / 26.03.2025
Bosh prokuratura Piskendagi koloniyada asossiz intizomiy jazoga tortilgan mahkum ishi bo‘yicha ma’lumot berdi
12:17 / 26.03.2025
Piskentdagi koloniyada asossiz intizomiy bo‘linmaga kiritib qo‘yilgan mahkum Ombudsmanga shikoyat qildi. Uning tanasida lat yeyish alomatlari aniqlangan
17:28 / 18.02.2025
Olmaliqdagi koloniyada 21 yoshli mahkum vafot etdi
12:48 / 04.02.2025