O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitishning Germaniya modeli joriy etilishi mumkin
Germaniya haydovchilik, hamshiralik, sanoat va gastronomiya kabi sohalardagi 130 mingdan ortiq ishchi kuchini jalb qilmoqchi.
O‘zbekistonda fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitishning Germaniya modeli joriy etilishi mumkin.
Bandlik vazirligi xabariga ko‘ra, vazir Behzod Musayev boshchiligidagi delegatsiya Germaniyada bo‘lib, 32 ta yirik ish beruvchilar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Unda vaqtincha xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni Yevropaning rivojlangan davlatiga ishga yuborish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalasi muhokama qilindi.
Germaniyada tashqi ishchi kuchiga ehtiyoj ortib borayotgani va hisob-kitoblarga ko‘ra yuk mashinasi haydovchisi, hamshiralik, mexatronika, sanoat, gastronomiya, yo‘l qurilishi kabi sohalarda 130 mingdan ortiq ishchi yetishmayotgani qayd etildi.
Mamlakat talabidan kelib chiqib fuqarolarga nemis tilini o‘rgatish uchun shart-sharoitlar yaratish, kasb-hunarga o‘qitishning nemis modelini joriy etishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish tashabbusi bildirildi.
Mavzuga oid
21:28 / 29.09.2024
Germaniya prezidenti CC jinoyatlari uchun Italiyadan kechirim so‘radi
09:39 / 28.09.2024
Germaniyada Rossiya targ‘ibot telekanallari efiri bloklandi
23:13 / 27.09.2024
Shimoliy koreyalik hakerlar Germaniyadagi qurolsozlik kompaniyasiga hujum uyushtirdi
11:40 / 27.09.2024