Iqtisodiyot | 18:48 / 24.05.2024
3115
2 daqiqa o‘qiladi

YeTTB Markaziy Osiyo bo‘limiga yangi direktor tayinlandi

Turkiya fuqarosi Husayn O‘zxon 2024 yil 1 iyunidan boshlab yangi vazifalarini bajarishga kirishadi. 

Foto: The Astana Times

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Husayn O‘zxonni Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinladi. Bu lavozimda u Jujanna Hargitay o‘rnini egalladi. 

O‘zxon Turkiya fuqarosi, 2024 yil 1 iyunidan boshlab yangi vazifalarini bajarishga kirishadi va faoliyatini Olmaotada davom ettiradi. U bankning Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondagi faoliyatini nazorat qiladi. 

O‘zxon ayni paytda bankning Markaziy Osiyodagi eng yirik va eng uzoq muddatli bank amaliyotini boshqaradigan YeTTB Qozog‘iston bo‘yicha direktori lavozimida ham xizmat qilishni davom ettiradi. 

O‘zxon AQSh Minnesota shtatidagi Makalester kollejida iqtisod va matematika bakalavriyoti, xalqaro savdoni moliyalashtirish bo‘yicha magistr va Turkiyaning Yyeditepe universitetida doktorlik darajasiga ega. 

Bugungi kunga qadar bank Markaziy Osiyoda 1100 ga yaqin loyihaga 19,5 milliard yevro sarmoya kiritgan.

 

 

Mavzuga oid