Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zatom” agentligi qayta tashkil etilib, hukumat huzuriga o‘tkazildi
Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (“O‘zatom”) negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi tashkil etildi. Agentlik atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi.
“Yer qa’ridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan quyidagilar tashkil etilmoqda:
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi negizida:
- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi (Qo‘mita);
- Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi (Inspeksiya);
Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi negizida:
- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi.
Bunda:
- Qo‘mita atom energetikasi va yadro texnologiyalari obektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
- Agentlik atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
- Inspeksiya yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Mavzuga oid
22:04 / 23.04.2025
O‘zbekiston Xitoyga Jizzaxdagi AES loyihasiga sarmoya kiritishni taklif qildi
14:41 / 16.04.2025
Qurilish inspeksiyasi mustaqil organga aylantiriladi
21:26 / 15.04.2025
Jizzaxda AES uchun birinchi ishlab chiqarish binolari qurilishi boshlandi
10:58 / 02.04.2025