Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yer ajratib berishni va’da qilgan muhandis aniqlandi
Andijon viloyati Shahrixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yer maydoni ajratib berishni va’da qilgan muhandis aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, “Katta Farg‘ona magistral kanali boshqarmasi” muhandisi U.T. fuqaro M.D.ning ishonchiga kirib, unga ushbu boshqarma tasarrufidagi 20 sotix yer maydonini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun ajratib berishi evaziga 2500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, U.T.ning ushbu pullar hisobidan 500 AQSh dollarini qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
11:13 / 31.03.2025
Tomorqadan samarasiz foydalanganlarga ko‘riladigan choralar ishlab chiqildi
12:34 / 28.03.2025