O‘zbekiston | 10:31 / 26.05.2024
5892
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Telegram orqali tanishgan ayolning 23 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan ayol ushlandi

Holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent shahrida yashovchi 52 yoshli ayol Yu.A. IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 23 mln so‘m pulni noma’lum shaxs o‘zlashtirganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi ayol Yu.Z. sodir etgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, Yu.Z., jabrlanuvchi Yu.A. bilan Telegram orqali tanishib, unga pullarini oz fursatda ko‘paytirib berishini va’da qilgan. So‘ng aldov yo‘li bilan uning 23 mln so‘m pulini o‘tkazib olib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Yu.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. 

Mavzuga oid