Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Belgiya OTM o‘rtasida akademik almashinuv dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston elchisi G‘ayrat Fozilov Belgiyaning Namyura universiteti rektori Annik Kastio bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, unda O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasida ta’lim hamda malakali kadrlar tayyorlash sohasidagi aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Rektor Annik Kastioga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va oliy ta’lim tizimini takomillashtirish haqida ma’lumot berildi. Mamlakat rahbariyatining tajribali va malakali mutaxassislar tayyorlashga bo‘lgan e’tibori alohida ta’kidlandi.
Namyura universiteti va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt, tibbiyot va farmatsevtika kabi yo‘nalishlarda akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari xususida fikr almashildi.
Muzokaralar natijasida, ikki mamlakat universitetlari talabalari, tadqiqotchilari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida qo‘shma akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
19:23 / 14.04.2025
Yetti yildan beri qidiruvda bo‘lgan hindistonlik milliarder Belgiyada hibsga olindi
14:15 / 09.04.2025
Belgiya Ukrainaga milliard yevro va F-16 qiruvchilarini beradi
12:03 / 03.04.2025
Belgiya hukumati «korrupsiya va pul yuvish» jinoyatlari doirasida musodara qilingan 108 mln dollarni O‘zbekistonga qaytarmoqchi
18:44 / 02.04.2025