O‘zbekiston | 15:00 / 27.05.2024
4216
4 daqiqa o‘qiladi

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida yangi yo‘nalishdagi “Art Engineering” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida ilk marotaba innovatsion muhandislik ishlarini namoyish etuvchi “Art Engineering” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazma ekologik muammolar, ijtimoiy adolatsizliklar, qurilmalar inson vujudining ajralmas bo‘lagiga aylangani va boshqa dolzarb mavzularga qaratilgan eksponatlar namoyish etildi.

“Art Engineering“ ko‘rgazmasi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘ota oldi. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar ilm-fan va san’at uyg‘unligini his etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ushbu ko‘rgazmada nafaqat universitet talaba va xodimlari, balki O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Bolgariya va Qozog‘istonda joylashgan nufuzli universitetlar rektorlari shuningdek, Toshkent Kimyo universiteti bilan yaqindagina hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan Amerikaning George Fox universiteti professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdi.

Art Engineering – zamonaviy dunyoda texnologiya va san’atning uyg‘unlashuvidan kelib chiqqan muhim sohalardan biridir. Bu soha inson yaratgan estetik va funksional asarlarni texnik yondashuv orqali amalga oshiradi. Art Engineering, asosan muhandislik va san’at sohalarini birlashtirgan holda, yangi va innovatsion yondashuvlarni tatbiq etadi.

Art Engineering tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Qadim zamonlardan beri insonlar estetik jihatdan chiroyli va bir vaqtning o‘zida funksional buyumlar yaratishga intilganlar. Misol uchun, qadimgi Misr piramidalari, Rim arxitekturasi va Yunon san’ati bunga misol bo‘la oladi. Biroq, zamonaviy Art Engineering asosan XIX asr oxiri va XX asr boshlarida, sanoat inqilobi va texnologik rivojlanishlar davrida shakllangan.

Universitetning Qurilish laboratoriyasi mudiri Muhammad Maftun ko‘rgazma eksponatlari mohiyati bilan tanishtirdi:

“Hozir rivojlangan mamlakatlarda “Art Engineering” yo‘nalishi ommalashmoqda. Bu yo‘nalish O‘zbekiston uchun juda yangi, hali yo‘q desayam bo‘ladi. Bu muhandislikning san’at darajasida namoyish etilishi, ya’ni biror san’at asarini muhandislik orqali ifodalab berish. Ko‘rgazmalar biror global muammoni olib chiqish uchun xizmat qiladi. Har bir eksponatimizda biror muammoni ko‘rish mumkin. Masalan, ekologiya – insonlar tabiatni asrashlari, yoki insonlarning sun’iy intellektga qaramligi – biz har tomonlama signallar bilan o‘rab tashlanganmiz. Ya’ni inson inson bo‘lib qolishi kerak, sun’iy intellektning o‘z chegarasi bor. Shu kabi muammolarni muhandislikning san’at darajasi bilan yoki san’at ishlanmalarini muhandislik orqali ko‘rsatib berish nazarda tutilgan”.

Ko‘rgazmada ishtirokchilar ekologik muammolar, ijtimoiy adolatsizliklar, uyali telefonlarning inson vujudining ajralmas bo‘lagiga aylangani va boshqa dolzarb mavzularni yorituvchi san’at asarlari bilan tanishdi. San’atni va mahoratni namoyish etgan tadbir 20 maydan 24 mayga qadar davom etdi.

Ma’lumot uchun: Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda. Universitet o‘z ichiga 5 ta ta’lim maktabini olgan bo‘lib ular, 38 ta yo‘nalishdan tashkil topgan va kunduzgi, kechki hamda sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida:

- O‘zbek

- Ingliz

- Rus tillarida ta’lim olish mumkin.

Web-page: www.kiut.uz 

Telegram: t.me/kiut_official

Facebook: facebook.com/kiut.uz

Instagram: instagram.com/kiut.uz_rasmiy_kanal

Reklama

Mavzuga oid