O‘zbekiston | 08:19 / 28.05.2024
5775
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon-Asaka yo‘lida Onix urib yuborgan Labo ag‘darilib ketdi

YTH oqibatida Labo va Onix texnik shikastlangan, Labo’ning yo‘lovchisi shahar shifoxonasiga murojaat qilgan.

Foto: Videodan kadr

Andijon viloyatida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan holda mashina boshqargan yigit YTH sodir etdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi

Holat 27 may kuni soat 15:20 larda Andijon tumani “Chem” mahallasi Andijon-Asaka yo‘nalishida sodir bo‘lgan. 

2006 yilda tug‘ilgan M.M. o‘zining Onix mashinasini tegishli hujjatlarsiz (haydovchilik guvohnomasiga ega emas) boshqarib borishi davomida tezlik me’yoriga hamda oraliq masofa saqlash qoidalariga rioya qilmagan. 

Oqibatda rul boshqaruvini yo‘qotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan Labo’ning orqa qismiga borib urilishi ortidan yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Mazkur YTH oqibatida Labo va Onix texnik shikastlangan, Labo’ning yo‘lovchisi shahar shifoxonasiga murojaat qilgan.

Mavzuga oid