Fransiya parlamentida deputat Falastin bayrog‘ini ko‘tardi
Fransiya parlamentining hukumat bilan savol-javob sessiyasida La France Insoumise (“Qaddi ravon Fransiya”) partiyasi deputati Sebastyan Delogu Falastin bayrog‘ini ko‘tardi. Shundan keyin parlament binosida ham qo‘llab-quvvatlash qarsaklari, ham norozi ohanglar kuzatildi, sessiya vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yildi.
Gap shundaki, bir necha daqiqa oldin partiyaning boshqa bir deputati Alma Dyufur bosh vazirga Fransiya Isroil bilan iqtisodiy aloqalarni to‘xtatishi va tinchlikparvar kuchlarning mojaroga aralashuvini so‘rashi kerak, deb murojaat qilgan edi.
Uning so‘roviga savdo vaziri Frank Riyester javob berib, «Fransiya davom etadi, xonim...» deb jumlasini boshlagan paytda, Sebastyan Delogu Falastin bayrog‘ini ko‘tardi.
Shundan keyin parlament prezidenti sessiyani to‘xtatib qo‘ydi.
Mavzuga oid
21:08 / 27.09.2024
«Biz ketmaymiz» - Mahmud Abbos BMT minbaridan Isroilning harakatlarini qoraladi
23:07 / 23.09.2024
AQSh Yaqin Sharqqa qo‘shimcha harbiy kuchlarni yuboradi
20:25 / 22.09.2024
Fransiyada uzoq muddatli siyosiy inqirozdan keyin yangi hukumat tasdiqlandi
21:36 / 21.09.2024