Futbol: O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etilishi mumkin
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Vengriya milliy jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvini tashkil etish masalasi o‘rganilmoqda.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning OTP banki bosh direktori o‘rinbosari Laslo Volf bilan uchrashdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muzokaralar davomida hamkorlikning dolzarb masalalari va yangi istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, "Ipoteka-bank"ni modernizatsiya qilish loyihasi, Budapeshtdagi Vengriya davlat opera teatrida O‘zbekiston madaniyati kechasini o‘tkazish, shuningdek, futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Vengriya milliy jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan aniq kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid

16:41 / 22.05.2025
2026 yildan O‘zbekistonda AES sovitish tizimlarini ishlab chiqarish boshlanadi

21:46 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga tashrifini yakunlab, Sloveniyaga yo‘l oldi

16:01 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida ishtirok etdi

21:58 / 20.05.2025