Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Italiyaga tashrif buyuradi
O‘zbekiston TIV rahbari Rim shahrida bo‘lib o‘tadigan "Italiya - Markaziy Osiyo" formatidagi uchinchi vazirlar konferensiyasida ishtirok etadi.
Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasining Italiyaga tashrifi boshlanadi.
"O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya 28-29 may kunlari Italiya poytaxti Rim shahrida bo‘ladi", – deb yozdi TIV rahbari matbuot kotibi Ahror Burhonov o‘zining Telegram-kanalida.
Tashrif davomida "Italiya – Markaziy Osiyo" formatidagi uchinchi vazirlar konferensiyasida ishtirok etish va bir qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston TIV rahbari 20-21 may kunlari Ostona shahrida bo‘ldi va Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Shuningdek, bir qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
11:30 / 26.05.2025
Samarqand Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025