Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik talabalar Polsha biznes akademiyasida amaliyot o‘tashi mumkin bo‘ladi
O‘zbekiston elchixonasi vakillari Polshadagi Varshava moliya va biznes akademiyasi (Vistula universiteti) rektori Vavjinets Konarski bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot davomida mamlakat oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda o‘zbekistonlik talabalarning akademiyada amaliyot o‘tashini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
Bundan tashqari, Vistula universitetda tahsil olayotgan vatandoshlar bilan bog‘liq vaziyatga alohida to‘xtalib o‘tildi. Diplomatik vakolatxona tomonidan universitetda tahsil olayotgan hamyurtlarga qaratilayotgan e’tibor alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan akademik aloqalar o‘rnatish hamda qo‘shma tadbirlar o‘tkazishga qiziqish bildirildi.
Mavzuga oid
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi
20:44 / 02.05.2025