Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elista aeroporti urush boshlanganidan beri birinchi reysni qabul qildi
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan beri Simferopol, Rostov-Don, Krasnodar, Anapa, Gelenjik, Belgorod, Bryansk, Kursk va Voronejdagi aeroportlar yopiqligicha qolmoqda.
28 may, seshanba kuni Qalmog‘istondagi Elista aeroporti 2022 yil 24 fevralda Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanganidan beri birinchi yo‘lovchi reysini qabul qildi.
Flightradar24portali ma’lumotlariga ko‘ra, Red Wings aviakompaniyasining Moskvadan uchgan samolyoti Elistaga Moskva vaqti bilan soat 10:14 da yetib keldi. Elista aeroporti veb-saytiga ko‘ra, parvozlar haftasiga ikki marta - seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. 16 iyundan boshlab «Aeroflot» Moskvadan Elistaga o‘zining muntazam reyslarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Parvozlar haftada uch marta amalga oshiriladi.
Elistadan tashqari, Simferopol, Rostov-Don, Krasnodar, Anapa, Gelenjik, Belgorod, Bryansk, Kursk, Voronej aeroportlari 2022 yil 24 fevraldan beri yopilgan - ular hali ham ishlamayapti.
Mavzuga oid
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
14:19 / 01.05.2025
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi
17:32 / 29.04.2025