O‘zbekiston | 14:49 / 30.05.2024
1762
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Malayziya kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiradi

O‘zbekiston Malayziya bilan kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida loyihalar amalga oshiradi, deb xabar bermoqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi. 

Foto: Bandlik vazirligi

Ayni kunlarda Malayziya davlatida Savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva ham ishtirok etyapti

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 2021 yildagi 17 foizdan 2023 yilda 11 foizga tushdi, 2026 yil yakunigacha bu ko‘rsatkichni 7 foizga tushirish belgilab olindi.

Tadbirda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yanada kengaytirish, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida qator loyihalarni birgalikda amalga oshirishga ham kelishib olindi.

Malayziyaning kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha “Madani” hamda kam ta’minlangan oilalar bilan ishlash yo‘nalishida “E-Kasix” va “Azam” dasturlari mavjud.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid