O‘zbekiston | 08:21 / 31.05.2024
22434
2 daqiqa o‘qiladi

2023 yilda O‘zbekistonga 30 ta davlatdan gumanitar yordam yuklari keldi

2023 yilda O‘zbekistonga umumiy qiymati 197 mln 842 ming dollar miqdoridagi gumanitar yordam yuklari kirib keldi. U asosan besh davlatdan yuborilgan.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonga 2023 yil yanvar-dekabr oylarida 30 ta davlatdan umumiy qiymati 197 mln 842 ming dollar miqdoridagi gumanitar yordam yuklari kirib keldi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobotiga ko‘ra, gumanitar yordamning asosiy ulushi quyidagi davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi:

  • Germaniya (71 mln 379,4 ming dollar yoki yordamning 36 foizi);
  • Xitoy (27 mln 467,6 ming dollar, 13,9 foiz);
  • AQSh (23 mln 234,2 ming dollar, 11,8 foiz);
  • Belgiya (22 mln 620,2 ming dollar, 11,4 foiz);
  • Shveytsariya (20 mln 757,8 ming dollar, 10,5 foiz).

Kirib kelgan gumanitar yordam sohalar kesimida:

  • sog‘liqni saqlashga (169 mln 233,5 ming dollar);
  • ijtimoiy sohaga (1 mln 244,4 ming dollar);
  • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga (943,2 ming dollar);
  • ta’limga (247,2 ming dollar) yo‘naltirilgan.

Yordamlar gumanitar yordam oluvchi tashkilotlar bo‘yicha:

  • SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga 58,2 foiz;
  • «Ta’minot va logistika xizmati» unitar korxonasiga 17,2 foiz;
  • Gematologiya ilmiy tadqiqot institutiga 10,5 foiz;
  • «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondiga 11,2 foiz ulush to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid